date

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

“Konyaspor”dan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng “Galatasaray” ichki muammolarga duch kelgani haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini o‘z vaqtida ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.

Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so‘nggi voqealar fonida “Galatasaray”ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.

Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bir o‘yini bor “Fenerbahche” “Galatasaray”ni quvib yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi