Krishtianu Ronaldu Lindsi Vonnni qo'llab-quvvatladi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik tog' chang'ichisi Lindsi Vonnni qo'llab-quvvatladi. Sportchi 2026 yilgi qishki Olimpiada o'yinlarida og'ir jarohat olgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli portugaliyalik hujumchi Vonnning matonatini alohida ta'kidlab, u zabt etgan cho'qqilardan ham kuchliroq iroda borligini yozdi. Ronaldu fikricha, kurashni davom ettirish kerak, chunki afsonalar har doim qayta tiklanadi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu 2023 yil yanvaridan beri Saudiya Arabistonida to'p tepmoqda. Uning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan, futbolchining transfer qiymati esa 12 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!