Al-Hilol Karim Benzemani jarohat sabab yo‘qotib qo‘yishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg‘uloti vaqtida son qismidan jarohat oldi. Klub matbuot xizmati bu holatni rasman ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushishi katta so‘roq ostida. Benzema tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin uning tiklanish muddati aniq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema qishda «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tgandi. U yangi jamoasi safida hozircha uchta o‘yinda qatnashib, uchta gol va bitta assist qayd etishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing