Galatasarayda maoshlar kechikishi klub ichida taranglik keltirmoqda

Konyaspor bilan uchrashuvdagi kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng Galatasaray atrofida yoqimsiz xabarlar paydo bo‘ldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini vaqtida ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, bu muammo ketma-ket uchinchi oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar orasidagi savollarni yanada ko‘paytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy shubha ostida qolayotganini ta’kidladi.
Hozirda jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkosi bor va zaxirada o‘yini mavjud Fenerbahche yaqin orada yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing