date

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Konyaspor bilan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng Galatasaray ichida muammo borligi haqidagi gaplar kuchaydi. TR24 portali xabariga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ishonilsa, ushbu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiylari esa vaziyat bo‘yicha izoh berishdan tiyilayotgani OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy shubha ostida qolayotganini ta’kidladi.

Shunga qaramay, klub chempionatda 55 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o‘yini zaxirada bo‘lgan Fenerbahche yetib olish imkoniga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi