date

Al-Hilol Karim Benzemani jarohat sabab yo‘qotishi mumkin

Al-Hilol Karim Benzemani jarohat sabab yo‘qotishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg‘ulotlari vaqtida son qismidan jarohat oldi. Klub matbuot xizmati bu holatni rasman ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushishi katta so‘roq ostida. Benzema tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin uning tiklanish muddati aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema bu qishda «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol» safiga o‘tgandi. U yangi jamoasida uchta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Karim Benzemani jarohat sabab yo‘qotishi mumkin