date

Sanchoning Dortmundga uchinchi bor qaytishi mumkin

Sanchoning Dortmundga uchinchi bor qaytishi mumkin

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jeydon Sancho yana Dortmundning “Borussiya”siga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, “ariqlar” bu yoz vingerning qaytishi variantini ko‘rib chiqmoqda. Nemis klubi angliyalik futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Sancho avval “Borussiya”da 2017–2021 yillarda, shuningdek 2024 yilda ham to‘p surgan. Hozir esa u ijara asosida “Aston Villa” safida o‘ynamoqda.

Sancho 2021 yilda “Borussiya”dan “Manchester Yunayted”ga 85 million yevro evaziga o‘tgan, uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda vinger 26 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sanchoning Dortmundga uchinchi bor qaytishi mumkin