Turkiyada o‘yin paytida futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Mevlanakapi Guzelhisar» — «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Lavhada darvozabon to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘lgan paytda, maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga to‘p tegib ketgani ko‘rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Voqeadan so‘ng ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tezda baholab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi.
Keyinroq futbolchi chayqani maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, qush tirik qolgan: bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlardan yordam olgach, asta-sekin o‘ziga keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing