Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionatida bir haftalik tanaffus e'lon qilindi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o'tkaziladi. Qiziq tomoni, 7 va 8-tur o'yinlari reja bo'yicha o'ynaladi, tanaffus esa 5–8 mart oralig'iga belgilangan 9-tur taqvimiga to'g'ri keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Derbyderbyderby.it xabariga ko'ra, bunga AFA prezidenti Klaudio Tapianing 5 mart kuni tribunal oldida javob berishi sabab bo'lmoqda. Mahalliy futbol federatsiyasi atrofida navbatdagi korrupsiya mojarosi avj olgani uchun chempionat taqvimiga o'zgartirish kiritildi.
Manbada aytilishicha, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to'lovlari bilan bog'liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliqlardan qochilgani gumon qilinmoqda — Yevroda bu deyarli 12 millionga teng. Shuningdek, federatsiya pul yuvish jarayonlarida ham ishtirok etgan bo'lishi mumkinligi bo'yicha shubhalar bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!