Eron xalqaro reyslar uchun o'z havo hududini qayta ochdi

Eron uzoq tanaffusdan so‘ng o‘z havo hududini qisman qayta faoliyatga qaytardi.
28 fevraldan beri ilk bor mamlakat osmonining ayrim qismi ochilib, ba’zi aeroportlarda parvozlar qayta tiklandi. Bu haqda Tasnim agentligi Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga tayanib ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eronning sharqiy havo hududidagi yo‘nalishlar xalqaro reyslar uchun ochiq deb e’lon qilingan. Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlab, qator shaharlarga havo zarbalari bergan edi.
Ushbu hujumlar natijasida Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy halok bo‘lgani aytilgan. Shundan so‘ng Eron javob sifatida Isroilga raketa hujumlari uyushtirgan va Fors ko‘rfazidagi AQSH bazalariga zarba bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing