date

Kroos Anchelottini hanuz dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb biladi

Kroos Anchelottini hanuz dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb biladi

Avvalroq Karlo Anchelotti Madridning “Real” klubini boshqargan paytda Toni Kroos bilan bir safar keskin tortishib qolganini xabar qilgandik. Nemis yarim himoyachisi sobiq ustozining o‘sha gaplariga tezda munosabat bildirdi va vaziyatga qanday qarashini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kroosning ta’kidlashicha, o‘sha o‘yinda uni almashtirish qarori shubhasiz xato bo‘lgan. Shunga qaramay, u Anchelottini baribir dunyodagi eng zo‘r murabbiy deb hisoblashini va bu fikrini doim saqlab qolishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kroos 2014–2024 yillarda “Real” safida to‘p surdi va keyin futbolchilik faoliyatini yakunladi. Anchelotti esa hozir Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kroos Anchelottini hanuz dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb biladi