Gonsalo Garsiya Benfikaga qarshi Mbappeni almashtiradi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi bo‘ladigan javob o‘yinini asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. Kilian Mbappe jarohat oldi, uning qay darajada jiddiy ekani hozircha ochiqlanmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, fransuz futbolchi belgilangan muddatdan oldinroq safga qaytishi ham mumkin, biroq eng yaqin uchrashuvda Alvaro Arbeloa jamoaning eng yaxshi to‘purarisiz qolishi ehtimoli juda yuqori. Diario AS xabariga ko‘ra, “qaymoqranglilar”ning start tarkibida aynan 21 yoshli ispaniyalik Gonsalo Garsiya maydonga tushadi. U avval ham Mbappening yo‘qligida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan.
“Real” — “Benfika” bahsi bugun 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Lissabonda o‘tgan ilk uchrashuvda madridliklar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!