Marsel muxlislari klub natijalaridan ko'ra xakerlardan xavotirda

Fransuzning «Marsel» klubi og'ir davrni boshdan kechirmoqda: turli musobaqalardan erta chiqib ketishlar, bosh murabbiy bilan xayrlashuv va sport direktori ham ketish haqida o'ylagani jamoa atrofidagi vaziyatni yanada taranglashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Muammolar buning bilan tugamadi. Klubning rasmiy saytiga kiberhujum uyushtirilib, natijada sayt va klub bilan qandaydir tarzda aloqada bo'lgan yuz minglab foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari internetga sizib chiqqani aytilmoqda.
Mahalliy nashrlardan biri tezkor o'tkazgan so'rovnomaga ko'ra, hozir muxlislarni eng ko'p tashvishga solayotgan masala maydondagi omadsizliklar yoki klub boshqaruvidagi beqarorlik emas, aynan ushbu xakerlik hujumi va ma'lumotlar xavfsizligi bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!