Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo'lib o'tgan futbol uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Kadrda darvozabon to'pni uzoqlashtirmoqchi bo'ladi, biroq maydon uzra uchib o'tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Voqeadan so'ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib borishdi. «Istanbul Yurdum Spor» jamoasi sardori Gani Chatan vaziyatni tezda baholab, chayqaga bilvosita yurak massajini amalga oshirdi.
Keyin futbolchi qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa omon qolgan: u bir muddat ucha olmaydi, ammo veterinarlarga topshirilgach, sog'ayib ketishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing