date

Turkiyada futbolchi chayqani qutqarish uchun yurak massaji qildi

Turkiyada futbolchi chayqani qutqarish uchun yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan uchrashuv paytida noodatiy holat kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda "Mevlanakapy Guzelhisar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari bahsida darvozabon to‘pni maydondan uzoqlashtiraman deb, osmonlab uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Voqeadan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib bordi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan tezda vaziyatni baholab, chayqaga bilvosita yurak massajini qilishga kirishdi.

Keyin futbolchi chayqani maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa tirik qolgan — bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlarga topshirilgach, sog‘ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada futbolchi chayqani qutqarish uchun yurak massaji qildi