date

Turkiyadagi uchrashuvda futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyadagi uchrashuvda futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada o‘tkazilgan «Mevlanakapy Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Lavhada darvozabon to‘pni uzoqlashtiraman deb, maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tekkizib yuborgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush jarohat olgan zahoti har ikki jamoa futbolchilari uning yoniga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan tezda vaziyatni baholab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi. Shundan so‘ng u qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Ma’lum muddat ucha olmasa-da, veterinarlarga topshirilgach, ahvoli asta-sekin yaxshilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyadagi uchrashuvda futbolchi chayqani qutqarib qoldi