date

Buffon Inter hujumchisi Esposito haqida yuksak fikr bildirdi

Buffon Inter hujumchisi Esposito haqida yuksak fikr bildirdi

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon «Inter» hujumchisi Franchesko Pio Esposito haqida o‘z mulohazalarini aytib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Buffonning ta’kidlashicha, Esposito ko‘pchilik kutganidan ham yuqori darajani ko‘rsatishi mumkin: «U sizning barcha kutganingizdan ham oshib ketadi. Agar men «Inter»da bo‘lganimda, tavakkal qilib unga ishonch bildirardim. U alohida yigit — kamtarligi bilan ajralib turadigan, haqiqiy professional», — deya Buffonning so‘zlarini Nerazzurri Society keltirdi.

Esposito «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 20 yoshli forvard barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 35 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buffon Inter hujumchisi Esposito haqida yuksak fikr bildirdi