Galatasarayda futbolchilarga maosh to'lanishi bilan muammo bor

Kutilmagan tarzda Konyasporga yutqazgan Galatasaray atrofida klub ichidagi vaziyat keskinlashgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. TR24 portaliga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manba ta'kidlashicha, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa masalaga oid rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini bildirdi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan yetakchilikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bir o'yini bor Fenerbahche raqibini quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing