date

Turkiyada o‘yin payti futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada o‘yin payti futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada o‘tkazilgan «Mevlanakapi Guzelhishar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari uchrashuvidan lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Videoda darvozabon to‘pni uzoqlashtiraman deb, maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib yuborgani ko‘rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shundan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomonga yugurdi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tez baholab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi, keyin esa qushni maydon bo‘yidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chayqa tirik qolgan. Bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlardan zarur yordam olayotgani va asta-sekin tuzalib borayotgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o‘yin payti futbolchi chayqani qutqarib qoldi