date

Turkiyada uchrashuv paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada uchrashuv paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan «Mevlanakapy Gyu'zelhisar» — «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvida noodatiy holat yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda darvozabon to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘lganida, maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tekkizib yuborgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush jarohat olganini ko‘rgan zahoti ikki jamoa futbolchilari uning yoniga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan tezda vaziyatni baholab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi.

Shundan so‘ng futbolchi chayqani maydon chetida turgan tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, qush tirik qolgan: u bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog‘ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada uchrashuv paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi