Turkiyada o'yin vaqtida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan futbol uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Unda "Mevlanakapi Guzelhishar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari o‘yinida darvozabon to‘pni uzoqlashtiraman deb, maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Voqeadan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib bordi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan vaziyatni tez anglab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi, keyin esa qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa tirik qolgan. U bir muddat ucholmaydi, biroq veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog‘ayib ketishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing