date

Turkiyada futbolchi maydonda chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada futbolchi maydonda chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan “Mevlanakapy Gyuzyelhisar” va “Istanbul Yurdum Spor” jamoalari uchrashuvida noodatiy holat kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda darvozabon to‘pni uzoqqa tepmoqchi bo‘lgan paytda, u maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush yerga qulagach, har ikki jamoa futbolchilari darhol uning yoniga yugurib bordi. “Istanbul Yurdum Spor” sardori Gani Chatan vaziyatni tezda anglab, chayqaga bilvosita yurak massajini qilishga kirishdi.

Shundan so‘ng futbolchi qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan: u bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlarga ishonib topshirilgach, asta-sekin sog‘ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada futbolchi maydonda chayqani qutqarib qoldi