Allardays Chelsi PalmernI mos narxda baribir sotadi

"Vest Hem"ning sobiq bosh murabbiyi Sem Allardays "Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmerga qiziqayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis fikricha, "Chelsi" mos taklif tushsa, Palmerni baribir sotadi. Allardays asosiy savolni "Manchester Yunayted" londoliklar talab qiladigan mablag'ni to'lay oladimi-yo'qmi, degan masalaga bog'ladi. U Palmer yana kamida sakkiz yil yuqori darajada o'ynash salohiyatiga ega ekanini, "Chelsi"ga kelgan ilk kunidanoq uning iqtidori ko'ringani ta'kidladi. Hozirgi kichik pasayish jarohat bilan izohlanadi, biroq u tez orada avvalgi darajasiga qaytishini aytdi.
Joriy mavsumda Koul Palmer barcha musobaqalarda "Chelsi" safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!