Turkiyada o'yin payti futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo'lib o'tgan bahs vaqtida noodatiy holat yuz berdi: ijtimoiy tarmoqlarda «Mevlanakapy Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan olingan video tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kadrda darvozabon to'pni uzoqlashtirmoqchi bo'ladi, biroq zarba maydon ustidan uchib o'tayotgan chayqaga tegib ketadi. Shundan so'ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib boradi.
«Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatga tezda moslashib, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishadi. Keyin u qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshiradi.
Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa tirik qolgan. Qush bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog'ayib ketishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!