Argentina chempionati federatsiya mojarosi sabab bir haftaga to'xtaydi

Argentina chempionatida qisqa tanaffus e'lon qilindi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o'tkaziladi. Bunga mahalliy futbol federatsiyasi atrofida yuzaga kelgan navbatdagi korrupsiya mojarosi sabab bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qizig'i, 7 va 8-tur o'yinlari odatdagidek bo'lib o'tadi, tanaffus esa aynan 9-turga to'g'ri keladi. Taqvim bo'yicha bu tur 5–8 mart kunlari o'tishi kerak edi. Ma'lumotlarga ko'ra, 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilayotgani sabab jadval o'zgartirilgan.
derbyderbyderby.it xabariga ko'ra, sobiq futbolchilar hamda xodimlarga pensiya to'lovlari bilan bog'liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliqdan qochilgani aytilmoqda — yevroda hisoblaganda ham bu qariyb 12 millionni tashkil etadi. Shuningdek, federatsiya pul yuvish jarayonlarida ham ishtirok etgan bo'lishi mumkinligi yuzasidan shubhalar bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!