Real Madrid yozda Gregor Kobelni safiga qo‘shmoqchi

“Real” yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirish niyatida va yangi golkiper masalasini kun tartibiga chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xorxe Pikonning xabar berishicha, Madrid klubi Dortmundning “Borussiya”si posboni Gregor Kobelni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shveysariyalik darvozabon “qaymoqranglilar” uchun bu pozitsiyadagi asosiy maqsad sifatida qayd etilmoqda.
Kobel 2021 yilda “Shtutgart”dan Dortmund klubiga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u “Borussiya” safida barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!