Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'tkazilgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. "Mevlanakapy Go'zelhisar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari bahsida darvozabon to'pni uzoqlashtirmoqchi bo'lgan paytda u maydon uzra uchib o'tayotgan chayqaga tegib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Holat yuz bergach, ikkala jamoa futbolchilari ham darhol qush tomon yugurdi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan vaziyatni tez anglab, chayqaga bilvosita yurak massajini qilishga kirishdi va keyin uni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa omon qolgan. Qush bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog'ayishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing