date

Ronaldu 5:0 g'alabadan keyin ikki so'z yozdi

Ronaldu 5:0 g'alabadan keyin ikki so'z yozdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida "Al-Nasr" "Al-Namdja"ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, turnir jadvalining yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Uchrashuvda hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi — portugaliyalik 7-daqiqadayoq penaltini aniq ijro etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan so'ng 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda suratlar jamlanmasini ulashib, qisqa izoh qoldirdi. Ronaldu postiga: "Shunday davom eting!" deb yozdi.

Shu tariqa, Ronaldu faoliyati davomida urgan gollari sonini 965 taga yetkazdi. 1000 gol marrasi tobora yaqinlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Ronaldu "Al-Nasr" bilan shartnomasini uzaytirgandi — kelishuv 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu 5:0 g'alabadan keyin ikki so'z yozdi