Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng «Shanxay Shenhxua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat — hech bo‘lmasa munosib yakun qilish sinovi edi, biroq bu safar ham ish bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand vakili «Buriram Yunayted» uchrashuvni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Gollar o‘yinning boshidayoq urildi: 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Mueanta Supxanat ustunlikni ikki barobarga oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenhxua» bir futbolchidan ayrilib, son jihatdan kamchilikda qolib ketdi va intriga deyarli so‘ndi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!