Inter yulduz hujumchisi Markus Tyuramni sotishi mumkin

Milanning «Inter» klubi fransuz hujumchisi Markus Tyuram bo'yicha keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «neradzurrilar» rahbariyatining futbolchining kelajagiga doir qarashlari o'zgargan: Tyuram endi «sotilmaydigan»lar ro'yxatida emas. Shu sabab, u yozgi transfer oynasidayoq jamoani tark etishi ehtimoldan xoli emas.
Transfermarkt portali 28 yoshli futbolchini 60 mln yevroga baholamoqda. Tyuramning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan, avvalroq esa u Angliya Premyer-ligasidagi klublardan biriga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Markus Tyuram 32 o'yinda 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!