date

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan bahsdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda «Mevlanakapi Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o‘yinida darvozabon to‘pni maydondan uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi, biroq u maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush yiqilgach, har ikki jamoa futbolchilari darhol uning yoniga yugurib boradi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tezda anglab, chayqaga bilvosita yurak massajini qiladi, so‘ng qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshiradi.

Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chayqa tirik qolgan. U bir muddat ucha olmasligi mumkin, ammo veterinarlarga topshirilgach, qushning ahvoli yaxshilanib borishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi