date

Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan «Mevlanakapi Guzelhisar» – «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvida kutilmagan holat yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda darvozabon to‘pni uzoqqa tepmoqchi bo‘ladi, biroq u maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush jarohat olgan zahoti har ikki jamoa futbolchilari uning yoniga yugurib bordi. Vaziyatni tez anglagan «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi va keyin uni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Qush bir muddat ucha olmaydi, ammo veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog‘ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi