Semin PSJ ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasini olishi mumkin deydi

Tajribali murabbiy Yuriy Semin PSJning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Luis Enrike boshqaruvidagi parijliklar Chempionlar ligasida yana gʻolib chiqish uchun yetarli salohiyatga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Semin oʻtgan mavsum natijasini ham eslatib oʻtdi: PSJ klublar tarixida ilk bor Chempionlar ligasi kubogini qoʻlga kiritgan, finalda esa “Inter”ni 5:0 hisobida yirik magʻlub etgan edi.
“Ularning ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasini yutish imkoniyati bor. Fransiya chempionatida futbolchilarning katta qismi rotatsiya asosida maydonga tushdi. Menimcha, ular kuchni Chempionlar ligasi uchun tejab kelmoqda”, — deya Semin soʻzlarini keltiradi “Sport-Ekspress”.
Pley-off bosqichiga chiqish yoʻlida PSJ “Monako”dan qiyinchilik bilan oʻtdi: safarda 3:2 hisobida yutdi, uyda esa 2:2 durang qayd etildi. 1/8 finalda parijliklarni ancha jiddiy raqib kutadi — “Barselona” yoki “Chelsi”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!