Turkiyada o'yinda darvozabon urgan to'p chaykaga tegdi

Turkiyada bo'lib o'tgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. "Mevlanakapi Guzelhisar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari o'ynagan bahsda darvozabon to'pni uzoqqa tepmoqchi bo'lgan payt, u maydon uzra uchib o'tayotgan chaykaga tegib ketgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Voqeadan so'ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib bordi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan vaziyatni tez anglab, chaykaga yurakni bilvosita massaj qilishni boshladi, keyin esa uni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA nashri xabariga ko'ra, chayka omon qolgan. Ma'lum vaqt ucha olmasligi aytilmoqda, biroq veterinarlarga topshirilgach, qushning ahvoli yaxshilanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing