Jezush Ronalduga dam berdi va sababi aytildi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqin o'yinda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu uchrashuvda u yana tarkibdan joy olmaydi.
Jezushning so'zlariga ko'ra, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibning yana bir necha futbolchisini asrashga qaror qilgan. Murabbiy oldinda "Al-Fateh" bilan muhim o'yin borligini ta'kidladi.
"Al Nassr Zone" keltirgan iqtibosda aytilishicha, Ronalduning safardagi o'yinlarni o'tkazib yuborishi birinchi holat emas — u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan bahslarda avval ham maydonga tushmagan.
Saudiya Pro-ligasi doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!