Simone Indzagi Al-Hilol'da bosim ostida qolmoqda

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz mag'lubiyatsiz yuribdi, biroq so'nggi turlardagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Repubblica xabariga ko'ra, mamlakatda Simone Indzagini bosh murabbiylikdan bo'shatish ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan. Ayrim «Al-Hilol» muxlislari ham italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyodagi ikkinchi eng ko'p haq oladigan murabbiy sanaladi — undan faqat Diego Simeone oldinda. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!