Galatasarayda maoshlar bo‘yicha muammolar borligi aytilmoqda

«Konyaspor»dan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. TR24 portali xabariga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada ta’kidlanishicha, bu holat uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati masalaga izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada kuchaytirdi.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so‘nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini bildirdi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o‘yini zaxirada turgan «Fenerbahche» yaqin ta’qibchi bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing