date

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo'lib o'tgan «Mevlanakapy Guzelhisar» — «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Kadrda darvozabon to'pni uzoqlashtiraman deb, maydon ustidan uchib o'tayotgan chayqaga tegib yuborgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Voqeadan so'ng har ikki jamoa futbolchilari zudlik bilan qush tomonga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tez baholab, chayqaga yurakka bilvosita massaj qilishni boshladi, keyin esa uni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa tirik qolgan. Qush bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlardan yordam olib, asta-sekin sog'ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi