Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyadagi uchrashuvdan olingan video tarqaldi. Unda «Mevlanakapy Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o'ynayotgan paytda darvozabon to'pni uzoqlashtirmoqchi bo'ladi, biroq maydon ustidan uchib o'tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qush yerga qulagach, har ikki jamoa futbolchilari darhol uning yoniga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan tezda vaziyatni baholab, chayqaga yurakni bilvosita massaj qilishni boshladi, so'ng qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA nashri xabariga ko'ra, chayqa tirik qolgan. U biroz vaqt ucha olmasligi mumkin, ammo veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog'ayib ketadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing