date

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo'lib o'tgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Unda «Mevlanakapy G'uzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o'rtasidagi o'yinda darvozabon to'pni uzoqlashtirishga uringan paytida maydon ustidan uchib o'tayotgan chayqaga tegib ketgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush yerga qulagach, har ikki jamoa futbolchilari darhol yoniga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatga tezda tushunib, chayqaga yurakni bilvosita massaj qilishga kirishdi, so'ng qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa omon qolgan. Ma'lum muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlardan yordam olayotgan qush asta-sekin tiklanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi