date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduni navbatdagi o'yinga olib chiqmaydi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduni navbatdagi o'yinga olib chiqmaydi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so'ng tez orada safga qaytishi mumkinligi aytilayotgan bo'lsa-da, bu uchrashuvda u yana tarkibda bo'lmaydi.

“Jadval juda tig'iz. Shu bois Ronaldu va asosiy tarkibdagi boshqa futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda ‘Al-Fateh’ga qarshi muhim o'yin bor”, — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy ta'kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.

Saudiya chempionatida “Al-Fateh” — “Al-Nasr” bahsi shanba kuni, 14 fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduni navbatdagi o'yinga olib chiqmaydi