date

Dimarko Chempionlar ligasidan keyingi asosiy maqsadlarini aytdi

Dimarko Chempionlar ligasidan keyingi asosiy maqsadlarini aytdi

Milanning «Inter» klubi chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng oldiga qo'ygan rejalarini ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Neradzurrilar» Yevropaning eng nufuzli turnirida yo'lini pley-offning saralash bosqichida to'xtatdi: norvegiyalik «Bude-Glimt»ga ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

28 yoshli futbolchi Sky Sport bilan suhbatda mavsum har doim bir xil kechmasligini ta'kidlab, o'zi uchun ikki katta maqsadni belgiladi: «Men doimgidek tinimsiz ishlayapman. Ba'zan mavsum juda yaxshi o'tadi, ba'zan esa hammasi ham o'xshamaydi. Mening istaklarim? Skudettoga erishishni va Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqishni xohlayman. Bu shunchaki orzu emas — albatta bajarilishi kerak bo'lgan maqsadlar», dedi Dimarko.

Ayni paytda «Inter» A Seriya turnir jadvalida ishonchli peshqadam: 26 turdan keyin ikkinchi o'rindagi «Milan»dan 10 ochko oldinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dimarko Chempionlar ligasidan keyingi asosiy maqsadlarini aytdi