date

Al-Hilol Indzagi masalasini ko'tarmoqda, murabbiy esa hotirjam

Al-Hilol Indzagi masalasini ko'tarmoqda, murabbiy esa hotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Hilol” hozircha mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi turdagi bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, mamlakatda Simone Indzagining bosh murabbiylikdan bo'shatilishi ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada qayd etilishicha, italiyalik mutaxassisga nisbatan norozilik avvalo “Al-Hilol” muxlislari orasida sezilmoqda. Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga sokin munosabatda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha amal qiladi va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta kompensatsiya ko'zda tutilgan.

Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyodagi ikkinchi eng ko'p haq oladigan murabbiy sanaladi, undan faqat Diego Simeone oldinda. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Indzagi masalasini ko'tarmoqda, murabbiy esa hotirjam