date

Martines Ronalduning roli o'zgarganini ta'kidladi

Martines Ronalduning roli o'zgarganini ta'kidladi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, u terma jamoaga kelganidan beri Ronaldu namunali futbolchi sifatida ko'rinmoqda: jamoa sardori hammaga o'rnak bo'layapti. Martines futbol nuqtayi nazaridan esa Ronaldu endi «Manchester Yunayted»dagi ilk davridagidek emasligini qayd etdi.

Murabbiy Ronalduni endi qanot futbolchisi sifatida ko'rmasligini, shuningdek, an'anaviy «to'qqizlik» rolidagidek qat'iy pozitsion intizom talab qilinadigan o'yinchi ham emasligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, Ronaldu hozir Portugaliya uchun asosiy yakunlovchi hujumchi vazifasini bajaradi.

Portugaliya terma jamoasi kelasi yozda jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronalduning roli o'zgarganini ta'kidladi