date

Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar ko'paydi, u esa xotirjam

Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar ko'paydi, u esa xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Hilol” hozircha mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi uchrashuvlardagi duranglar jamoaning turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushib ketishiga sabab bo'ldi. La Repubblica xabariga ko'ra, shundan so'ng Saudiya Arabistonida bosh murabbiy Simone Indzagining kelajagi borasida turli mish-mishlar paydo bo'ldi, muxlislarning bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga sokin qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, murabbiyga katta miqdorda kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilgan.

Ta'kidlanishicha, Simone Indzagi hozirda dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar ko'paydi, u esa xotirjam