Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan «Mevlanakapy Gyu’zelhisar» — «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Lavhada darvozabon to‘pni uzoqlashtiraman deb, maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketgani ko‘rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qush yiqilgan zahoti har ikki jamoa futbolchilari uning oldiga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tezda baholab, chayqaga bilvosita yurak massajini qilishga kirishdi, so‘ng qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa tirik qolgan. U bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlarga ishonib topshirilgach, asta-sekin sog‘ayib ketadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing