date

Mamardashvili Liverpulni tark etishni ko'rib chiqmoqda, sabab ma'lum

Mamardashvili Liverpulni tark etishni ko'rib chiqmoqda, sabab ma'lum

Gruziyalik darvozabon Georgiy Mamardashvili «Liverpul»dagi hozirgi maqomidan norozi ekani haqida Teamtalk jurnalistlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli posbon mersisaydliklar safida zaxira darvozabon rolida qolib ketayotganidan qoniqmayapti. Shu bois u yozgi transferlar davrida klubini o'zgartirish variantini ko'rib chiqmoqda va keyingi mavsum uchun ijaraga ketish takliflariga ham ochiq.

Mamardashvilining «qizillar» bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Mamardashvili 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol o'tkazib yubordi. U uch o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mamardashvili Liverpulni tark etishni ko'rib chiqmoqda, sabab ma'lum