Bavariya Noyer ketadigan bo'lsa, vorisini belgilab qo'ydi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etishi mumkin. Mart oyida 40 yoshga to'ladigan sardor hozircha faoliyatini davom ettirish-ettirmaslik borasida yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bayern & Germany xabariga ko'ra, agar Noyer yozda klub bilan xayrlashsa, asosiy darvozabon sifatida Jonas Urbigni tanlash masalasi deyarli hal bo'lgan: unga raqobatchi izlanmaydi. Klub faqat zaxira variant uchun yangi posbonni taklif qilishi mumkin.
Manuel Noyer 2011 yildan beri «Bavariya» safida to'p surib keladi. Joriy mavsumda u 28 o'yinda 27 ta gol o'tkazib yubordi.
22 yoshli Jonas Urbig esa bu mavsumda 9 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol o'tkazdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing