Galatasarayda maoshlar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Konyaspor bilan o'yinda kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bu holat uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlarini ham shubha ostiga qo'ydi.
Hozircha klub chempionatda 55 ochko bilan yetakchilikni ushlab turibdi, biroq 52 ochkosi va zaxirada bitta uchrashuvi bor «Fenerbahche» yaqin orada uni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing