Bundesliga grandi Interdan Banjamen Pavarning transferini ko'zlamoqda

Himoyachi Banjamen Pavarning yozgi transferlar oynasida yana klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozirda fransuz futbolchi mavsum oxirigacha Milanning «Inter» klubidan ijaraga olingan holda «Marsel» safida o'ynamoqda, biroq fransuzlar 15 mln yevrolik sotib olish opsiyasini ishga tushirishni rejalashtirmayapti. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 29 yoshli himoyachiga Dortmundning «Borussiya»si qiziqish bildirib, so'rov yuborgan, shuningdek nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi ham vaziyatni kuzatmoqda. «Neradtsurri» rahbariyati esa futbolchini mavsumlar oralig'ida sotishni maqsad qilgan.
Transfermarkt portalida Pavar 20 mln yevroga baholanadi. Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!